Kingsli Koman o'ziga xos an'anani davom ettirdi: Faoliyatidagi 14-mavsumda 14-chempionlik!

«An-Nasr» vingeri Kingsli Koman o'zining ajoyib an'anasini davom ettirdi — u yana o'z jamoasi tarkibida mamlakat chempioniga aylandi. Bu safar frantsiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni ligasidagi muvaffaqiyatni nishonladi.
Chempionatning so'nggi turi doirasida «Damak»ka qarshi kechgan bahsda 29 yoshli futbolchi raqib darvozasini ishg'ol etib, Ar-Riyod klubining 4:1 hisobidagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. «An-Nasr» turnir jadvalida «Al-Hilol»ni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda birinchi o'rin bilan marraga etib keldi.
Shu tariqa, Koman professional darajadagi 14 ta mavsumida 14-marotaba chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Bundan avval u ikki martadan «PSJ» va «Yuventus» tarkibida mos ravishda Frantsiya va Italiyada zafar quchgan, keyin esa «Bavariya» bilan birgalikda Bundesliganing «salat idishi» (bosh sovrini)ni naqd to'qqiz bor boshi ustida baland ko'targan edi.