«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Roy Kin JCh-2026 favoritlari sifatida Frantsiya va Argentina terma jamoalarini tilga oldi.

«Frantsiyaning hujum chizig'i boshqa hech bir jamoanikidan qolishmaydi. Ammo keyinchalik biz Braziliya o'yinida ham xuddi shunday holatni ko'rdik. Angliya terma jamoasi etakchilari Panamaga qarshi bahsda o'z o'yinlarini kuchaytirishganiga guvoh bo'ldik. Statistika bo'yicha Frantsiya kuchliroq ekani yaqqol ko'rinib turibdi. Lekin, eshiting, menimcha, Argentina haqida ham xuddi shu gaplarni aytish mumkin.

O'ylaymanki, Argentina va Frantsiya ajoyib tarkibga va yuqori imkoniyatlarga ega. Agar ular finalda to'qnash kelishsa, bu hech qanday kutilmagan holat bo'lmaydi. Aksincha, agar ular finalda o'ynashmasa, men hayron qolaman», — dedi Kin ITV efirida.

Manba: Stadion.uz