Yozua Kimmixning dubli Germaniya terma jamoasiga jahon chempionati saralashida lyuksemburglik raqiblarini tor-mor etishga yordam berdi (4:0).

Xabaringiz bor, Yulian Nagelsmann Kimmixni o'ng qanot himoyasida ko'rayotgan bo'lsa, "Bavariya"da 30 yoshli futbolchi maydon markazida o'ynamoqda.

"Qarorni murabbiy qabul qiladi - u meni qaerga joylashtirishni ma'qul ko'rsa, o'sha erda o'ynashdan xursand ekanimni ochiq aytdim. "Bavariya"da esa boshqacha - u erda tayanch yarim himoyachisiman. Terma jamoada barchasi murabbiy tanloviga bog'liq," - deya Kimmixning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Dushanba kuni Germaniya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.