"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi futbolchisi Yozua Kimmix klublarning transfer xarajatlari yuqori ekani haqida gapirdi.

"Biz futbolchilarga ham, oddiy muxlislarga ham futbolchi uchun qancha pul to'lanishini tushunish qiyin. Biz miqdorlarni nazorat qila olmaymiz va ularga qandaydir ta'sir o'tkaza olmaymiz. Tan olish kerak, bu summalarni bozor belgilaydi.

APLga qaraydigan bo'lsak, u erda mulkdorlar hisobidan ham, televidenie to'lovlari hisobidan ham resurslar bor. Ular cho'ntagidan juda katta summani osongina chiqarib olishlari mumkin ekan," - dedi Kimmix jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bu yozda yangi futbolchilar uchun qariyb 500 million evro sarflab, jahon rekordini o'rnatdi.