«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Arsenal» va «PSJ» bahsida kimga muxlislik qilishini aytdi.

Nemis yarim himoyachisi terma jamoadagi do'sti Kay Xaverts tufayli «kanonirlar»ni qo'llab-quvvatlashini tan oldi.

«Kayning muvaffaqiyat to'lqinida terma jamoa ixtiyoriga etib kelishi uchun unga muxlislik qilaman. Chempionlar ligasidagi g'alaba insonga ijobiy energiya bag'ishlaydi. Xaverts — bizning jamoa uchun muhim o'yinchi, Germaniyada uni etarlicha qadrlashmaydi. U Evro-2024da asosiy rollardan birini o'ynagan, chunki u noyob mahorat sohibi va juda universal futbolchi», — deya Kimmixning so'zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» Chempionlar ligasini aynan «PSJ»ga yutqazib, yarim final bosqichida tark etgandi.