Kimmix: «Bu hamma uchun ta'sirli holat»

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix jamoadoshi Leon Goretskaning Myunxen klubidan ketishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi, futbolchi joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi.
«Aytish mumkinmi, u bu erdagi vaqti sekin-asta nihoyasiga etayotganini anglab turibdi. Bu hamma uchun, jumladan, men uchun ham juda ta'sirli holat. Biz klubda sakkiz yildan beri birga o'ynayapmiz — professional futbolchining faoliyati taxminan 15 yil davom etishini hisobga olsak, bu ancha uzoq muddat», — dedi Kimmix.
Leon Goretska 2018 yilda «Shalke»dan «Bavariya»ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.