"Bavariya" yarim himoyachisi Jozua Kimmix Chempionlar Ligasida "Union Sen-Jilluaz" ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabada jamoasining o'yinidan to'liq qoniqmadi.

Vinsent Kompani shogirdlari tanaffusgacha gol ura olmadilar. Ikkinchi bo'lim boshida Harri Keynning ikkita goli o'yin taqdirini hal qildi.

"Biz birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik: vaziyatlarni yo'qotdik, noto'g'ri qarorlar qabul qildik va to'pni ko'p yo'qotdik.

Raqiblarimizga hujumlarga imkon berdik va "Union Sen-Jilluaz"da imkoniyat bor edi, ammo Manu Noyer bizni qutqarib qoldi.

Yaxshiyamki, ikkinchi bo'lim ancha yaxshi o'tdi", - deya Kimmixning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.