Kimmix: "Agar bugungidek o'ynashda davom etsak, buyog'i oson bo'lmasligi aniq"

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yozua Kimmix jamoasining Slovakiyaga (0:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyati sabablari haqida gapirdi.
Uchrashuv chorshanba kuni JCh-2026 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tdi.
David Gantsko va David Strelets gol urishdi - ular 42 va 55-daqiqalarda darvozani ishg'ol qilishdi.
"Gap tizimda ham, taktikada ham emas, uch-to'rt himoyachi bilan harakatlanishda ham emas. Gap kayfiyatda. Keyingi safar yaxshiroq o'ynashimiz kerak, bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak.
Biz juda yomon o'ynaganimizni bilamiz. Uchrashuvdan oldin biz Jahon chempionatida g'alaba qozonishni xohlayotganimizni aytgandik, lekin birinchi navbatda turnirga yo'llanma olishimiz kerak.
Agar bugungidek o'ynashda davom etsak, buyog'i oson bo'lmasligi aniq", – dedi Kimmix.