CIES Football Observatory ekspertlari klublarning hozirgi tarkiblari uchun sarflagan xarajatlarini tahlil qilishdi.

Ma'lum bo'lishicha, “Chelsi” o'zining hozirgi tarkibiga eng ko'p mablag' sarflagan – 1,314 milliard evro.

Ikkinchi o'rinda “Manchester Siti” (1,128 milliard evro), uchinchi o'rinda “Manchester Yunayted” (1,071 milliard evro) joylashgan.