Kilian Mbappe: «Real»ning har bir o'yinida maydonga tushishni istayman»

Madridning «Real» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi jahon chempionati oldidan zich o'yin taqvimi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Hech qanday muammo yo'q. Odamlar jahon chempionati haqida gapirayotganini ko'rdim. Men ikki marta jahon chempionatida ishtirok etganman: birida g'alaba qozondim, ikkinchisida finalgacha etib bordim. Men qanday tayyorgarlik ko'rganman? Klubim safida har bir o'yinda maydonga tushganman.
Men aniq bilaman — «Real» safida har bir uchrashuvda o'ynashni istayman. Tayyorgarlikka bo'lgan yondashuvimni o'zgartirmoqchi emasman. Men: “Yaxshisi uyga ketib, dam olaman”, deb aytishim mumkin edi, ammo bu gap — bema'ni. Oxirgi ikki jahon chempionatiga men eng yaxshi tarzda tayyorlanganman: o'ynaganman, gollar urganman, sovrinlar qo'lga kiritganman va klubim uchun so'nggi daqiqagacha kurashganman. Bu yil ham xuddi shunday yo'l tutaman, turnirga eng yaxshi holatda etib borish uchun. Men yana g'alaba qozonishni istayman», — dedi Mbappe.