Kilian Mbappe ketma-ket o'nta o'yindan buyon gol urib kelmoqda

Frantsiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe klub hamda milliy jamoa safidagi barcha musobaqalarda gol urish seriyasini 10 ta o'yinga etkazdi. 10 oktyabr kuni u JCh–2026 saralashining Evropa bosqichida Ozarbayjonga qarshi o'yinda (3:0) gol hamda golli uzatma muallifi bo'ldi.
Bundan avval Mbappe quyidagi o'yinlarda ham samarali harakat qilgan:
Ukrainaga qarshi — gol
Islandiyaga qarshi — gol va assist
«Real Sosedad»ga qarshi — gol va assist
«Marsel»ga qarshi — dubl
«Espanol»ga qarshi — gol
«Levante»ga qarshi — dubl
«Atletiko»ga qarshi — gol
«Qayrat»ga qarshi — xet-trik
«Vilyarreal»ga qarshi — gol va assist
Jami 10 ta o'yinda Mbappe hisobida 10 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud.
Manba: championat.com