Kilian Mbappe jahon chempionatlaridagi gollar soni bo'yicha Gerd Myullerga tenglashib oldi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh-2026 «I» guruhi 1-turidan o'rin olgan Senegalga qarshi uchrashuvda (3:1) dubl qayd etib, jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo'yicha Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gerd Myullerga tenglashib oldi.
Mbappe uchrashuvning 66 va 90+6-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi va jahon chempionatlaridagi gollari sonini 14 taga etkazdi. Buning uchun unga 15 ta o'yin kifoya qildi. JCh doirasida 13 ta uchrashuv o'tkazgan Myuller hisobida ham xuddi shuncha gol mavjud.
«I» guruhining 2-turida Frantsiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to'qnash keladi.