Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida: U N’Golo Kantega nisbatan hurmatsizlik qildimi? (+Video)

Hujumchi Kilian Mbappe keskin tanqidlarga duch keldi. Frantsiya terma jamoasining yulduz futbolchisi yarim himoyachi N’Golo Kantega nisbatan qilgan ishi uchun ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan keskin qoralanmoqda.
Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvning 78-daqiqasida zaxiradan maydonga tushayotgan Mbappe ishora orqali Rayan Sherkidan sardorlik bog'ichini Kantedan olib berishni so'ragan. Sherki Kilianning ko'rsatmasini bajarib, bog'ichni unga olib kelib bergan.
Muxlislarning fikricha, Mbappe Kantega o'yinni sardor sifatida yakunlashiga imkon berishi kerak edi. Boisi, N’Golo o'sha kuni o'z tug'ilgan kunida — 35 yoshga to'lgan kunida «uch ranglilar»ni maydonga sardor sifatida boshlab tushgan edi.
O'tgan haftada Frantsiya terma jamoasi Kolumbiyani 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Mbappening sardorlik bog'ichi borasidagi ko'rsatmasi bilan bog'liq epizod esa endi muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Disgusting from Mbappe.
— Dennoh (@CFC_dennoh) April 2, 2026
Bro was coming on for the last 10 minutes and he demanded Cherki to take the Captains Armband from Kante to give it to him ????????.
I don't know what you think but this is disrespectful pic.twitter.com/KUSdgoAuoe