Kike: "Vinisius "Real" qadriyatlariga to'g'ri kelmaydi"

Madridning "Atletiko" va "Sevilya" klublari sobiq bosh murabbiyi Kike Sanches Flores Vinisius "Real" qadriyatlariga to'g'ri kelmasligini aytdi.
"Men muxlislarning undan juda jahli chiqqan qismi tarafdoriman. Menimcha, u "Real" qadriyatlariga mos kelmaydi. Uning joyi boshqa klubda", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Vinisius 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, oltita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.