Ispaniya chempionatining o'n to'rtinchi turida "Espanol" "Selta"ni engdi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida yagona golni Kike Garsiya kiritdi.

Ispaniya futboli faxriysi uchun bu gol rekord bo'ldi, u Ispaniya chempionati o'yinida to'p kiritgan "to'tiqushlar"ning 21-asrdagi eng keksa futbolchisiga aylandi. Buni 36 yosh-u 5 kunligida amalga oshirgan Kike 2012 yilning mart oyida 35 yosh-u 330 kunligida "Betis" darvozasini ishg'ol qilgan Valter Pandianining oldingi natijasini ortda qoldirdi.

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Espanol" o'z maydonida "Rayo Valekano"ni qabul qiladi.