Kezaning "Yuventus"ga qaytish pozitsiyasi ma'lum

"Yuventus" "Liverpul" vingeri Federiko Kezaning qaytishiga qiziqish bildirmoqda. Bir yarim yil oldin italiyalik futbolchi Italiyadan Angliyaga ko'chib o'tgan edi.
Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, 28 yoshli futbolchiga A Seriya vakillaridan bir necha bor takliflar bo'lgan: masalan, Evropa chempionini "Napoli" va "Roma" taklif qilgan, biroq u rad javobini bergan. "Yuventus" bilan vaziyat boshqacha: "keksa sinora" bosslari futbolchining agentlari bilan bog'lanishdi - u transferga qarshi emas.
Turinliklar Kezani ijaraga olmoqchi, ammo "Liverpul"ga bunday variant ma'qul kelmayapti - ingliz klubi to'liq transferni ma'qul ko'rmoqda.