Kezaning "Liverpul"ni tark etish ehtimoli hamon yo'q emas

"Liverpul" vingeri Federiko Keza sentyabr oyining o'zida ingliz klubini tark etishi mumkin.
Football Insider xabariga ko'ra, 27 yoshli italiyalikni Saudiya Arabistoni klublari o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. U erda transfer oynasi 23 sentyabr kuni yopiladi.
Keza hozirda 14 million evroga baholanmoqda. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.