Kezaning "Liverpul"dagi kelajagi bo'yicha rejalari ma'lum

"Liverpul" futbolchisi Federiko Kezani jamoadan ketishi haqida yangiliklar chiqishda davom etmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, yanvar oyidayoq "qizillar" Italiya va Angliya klublaridan vingerni ijaraga olish bo'yicha taklif olishi mumkin. Shunga qaramay, insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Kezaning o'zi ayni damda qolishni rejalashtirmoqda. Biroq, manba aniqlik kiritishicha, 28 yoshli futbolchining rejalari o'yin amaliyoti bo'lmaganda, shuningdek, jamoaga yangi hujumkor o'yinchi - masalan, "Bornmut"dan Antuan Semeno kelganda o'zgarishi mumkin.
Yakuniy qaror yanvar oyida qishki transfer oynasi yopilishiga yaqin qabul qilinadi. Hozircha Keza "qizillar" asosiy tarkibi uchun kurashni davom ettirmoqchi.