«Liverpul» vingeri Federiko Keza faoliyatini yana Italiyada davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, futbolchi «Yuventus»ga qaytishni orzu qilmoqda. Ushbu transfer amalga oshishi uchun Keza maoshini deyarli 50 foizga kamaytirishga rozi. Hozirda uning yillik maoshi 7 million evroni tashkil etadi.

«Liverpul» Kezani 10 million evro evaziga sotishga tayyor, biroq hozircha futbolchi «Yuventus»ning transfer maqsadlari ro'yxatida birinchi o'rinda emas.

Eslatib o'tamiz, Federiko Keza 2020 yildan 2024 yilgacha «Yuventus» safida to'p tepgan. U turinliklar tarkibida jami 131 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan.