Federiko Keza mavsumdagi ikkinchi golini urdi.

“Liverpul” vingeri “Kristal Pelas”ga qarshi o'yinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 87-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Italiyalik futbolchi joriy mavsumdagi oltinchi o'yinini o'tkazdi. Uning hisobida ikkita gol va ikkita golli uzatma bor.

O'tgan mavsumda u atigi ikki marta gol urgandi va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.