Keza «Liverpul»dan ketish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

Italiyalik vinger Federiko Keza «Liverpul»ni tark etishga qaror qildi. Bu haqda Calciomercato portali xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Keza jamoadan ketish uchun maosh borasidagi talablarini pasaytirishga tayyor. Avvalroq 28 yoshli futbolchiga A Seriya klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq hozircha hech qanday aniq taklif yo'q.
Joriy mavsumda Keza barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Kezaning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 15 million evroga baholamoqdalar.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul»ning navbatdagi uchrashuvi 9 may kuni soat 14:30 da «Chelsi»ga qarshi bo'lib o'tadi.