Keza «Liverpul»dagi yangi roli haqida gapirib berdi

«Liverpul» forvardi Federiko Keza klubni tark etish niyati yo'qligini va yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo'l ostida muhim rol o'ynashga umid qilayotganini aytdi. 28 yoshli italiyalik «Sanderlend»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (4:2) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
«Hozir bu erda baxtiyorman. Klubni va muxlislarni yaxshi ko'raman, o'z imkoniyatimga ega bo'lish uchun qo'limdan kelgan barcha narsani qilyapman», — dedi Keza o'yindan so'ng Mirror nashriga bergan intervyusida.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, Iraola undan avvalgidek qanotda foydalanishni rejalashtirmayapti.
«Bu yangi bob. Murabbiy meni markaziy hujumchi pozitsiyasiga qo'ydi va meni aynan o'sha erda ko'rishni xohlamoqda», — deya qo'shimcha qildi Keza.
O'tgan mavsumda futbolchi klub miqyosida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar