Keza «Liverpul»dagi kelajagi bo'yicha pozitsiyasini belgilab oldi

Italiyalik vinger Federiko Keza yaqin kelajakdagi rejalarini aniqlashtirib oldi. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, yarim himoyachi «Liverpul»da qolishga qaror qildi.
28 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo'l ostida asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashmoqchi. Bundan tashqari, Keza Italiya milliy terma jamoasiga qaytishni orzu qilmoqda.
Federiko 2024 yilning yozidan beri Mersisayd grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Italiyalik futbolchining mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
2025/2026 yilgi mavsumda Keza «qizillar» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatma yozib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar