Keza Liga kubogida "Sautgempton" taslim etilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

"Liverpul" futbolchisi Federiko Keza Liga kubogi doirasidagi "Sautgempton"ga (2:1) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Italiyalik vinger ikki golli uzatma bilan "qizillar"ning keyingi bosqichga chiqishiga yordam berdi. Gollarga Aleksandr Isak va Ugo Ekitike mualliflik qildi.
"Bu o'yinda biz "Liverpul" ekanligimizni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldik, shuning uchun ishonch bilan g'alaba qozonishimiz kerak edi. Buning o'rniga biz o'zimiz vazifani murakkablashtirdik. Bugun o'yinimiz yomon edi. Kontsentratsiyani oshirish va yo'qotmaslik kerak," - dedi Keza o'yindan keyingi intervyusida.
Shanba kuni Arne Slot jamoasi "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Premer-liganing 6-turi doirasida bo'lib o'tadi.