Keza jarohat sabab Italiya terma jamoasiga JCh-2026 o'tish o'yinlarida yordam bermaydigan bo'ldi

Federiko Keza sog'lig'idagi muammolar sababli Italiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi.
«Liverpul» yarim himoyachisining o'rniga terma jamoaga «Bolonya» a'zosi Nikolo Kambyagi chaqirildi.
26 mart kuni Italiya terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun o'tish bosqichi yarim finalida Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu juftlik g'olibi finalda Uels yoki Bosniya va Gertsegovina jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi.