Keza Italiya terma jamoasiga kelishdan bosh tortgan

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ma'lum qilishicha, “Liverpul” hujumchisi Federiko Keza 2026 yilgi jahon chempionati saralashidagi noyabr oyi uchrashuvlarida terma jamoaga chaqiruvni rad etgan.
“Men u bilan tez-tez gaplashib turaman. Har bir insonning shaxsiy qarorlari va muammolari bo'ladi — bunga hurmat bilan qarash kerak. Biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz, shuning uchun futbolchining aytgan so'zlarini hurmat qilishim kerak. Boshqa narsa ayta olmayman,” — deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi “Liverpul” safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 13 noyabrda Moldovaga, 16 noyabrda esa Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi.