Italiya terma jamoasi o'z maydonida Norvegiyaga yirik hisobda yutqazdi (1:4) va o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallagan holda JCh o'tish o'yinlariga yo'l oldi.

"Skuadra Adzurra" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzodan "Liverpul" vingeri Federiko Keza mart oyida qaydnomada bo'ladimi, deb so'rashdi.

«Biz u bilan gaplashdik. U o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan muhim o'yinchi. Lekin u o'zini qulay his qilishi kerak. Martga yaqin yana gaplashamiz», - dedi Gattuzo matbuot anjumanida.