Keza Evro-2024'dan so'ng ilk bor Italiya terma jamoasiga chaqiriladi

"Liverpul" vingeri Federiko Keza uzoq vaqtdan so'ng yana Italiya terma jamoasiga qaytadi.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchini Jennaro Gattuzo sentyabr oyidagi FIFA kunlari uchun termaga chaqiradi.
"Skuadra Adzurra" kelasi oyda JCh saralashi doirasida Estoniya va Isroil bilan o'ynaydi.
Keza terma jamoada jami 51 ta o'yinda 7 ta gol urgan.