Keza A Seriyaga qaytishga tayyor

«Liverpul» hujumchisi Federiko Keza Italiya chempionatiga qaytishga tayyor. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga A Seriyaning ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
2024 yilda «Liverpul»ga o'tguniga qadar Keza faqat Italiyada — «Yuventus» va «Fiorentina» safida o'ynagan.
O'tgan mavsumda vinger barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Kezaning «Liverpul» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 15 million evroga baholamoqda.