"Liverpul"ning qanot hujumchisi Federiko Keza Italiya A Seriyasiga qaytishdan bosh tortdi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ta'kidlashicha, 27 yoshli vinger yozgi transfer oynasida uni ijaraga olmoqchi bo'lgan "Inter" va "Napoli"ga o'tmagan. Manbaga ko'ra, Keza top-futbolchilar bilan raqobatlashish uchun "Liverpul"da qolishni istagan. Italiyalik o'zini bosh murabbiy Arne Slot oldida ko'rsatishga bel bog'lagan.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Keza 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.