Angliya terma jamoasi safarda JCh-2026 saralashi guruh bosqichi so'nggi o'yinida Albaniyani mag'lub etdi - 2:0.

Ushbu o'yindagi ikkala gol ham 74 va 82-daqiqalarda Xarri Keyn tomonidan kiritildi.

Angliya terma jamoasi avval ham JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Jamoa sakkizta o'yinda 24 ochko to'pladi va K guruhida birinchi o'rinni egalladi. 14 ochko bilan ikkinchi bo'lgan Albaniya pley-offda o'ynaydi.

Manba: www.stadion.uz.