Xarri Keyn Bundesliganing birinchi turida "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinda (6:0) uchta gol urdi.

Umuman olganda, “Bavariya” forvardi Germaniya chempionatida 64 ta o'yinda 65 ta gol urgan – bu 32 yoshli inglizning Myunxen klubiga o'tganidan buyon Evropaning top-5 ligasidagi futbolchilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi. Keynning eng yaqin ta'qibchisi bu davrda 59 ta gol urgan.

Keyn Bundesligadagi o'zining 8-xet-trikini amalga oshirdi - u "Tottenxem"dagi faoliyati davomida Premer-liganing 10 mavsumida xuddi shunday natijaga erishgandi.