Keyn yoki Mbappe? Dayo Upamekano ikki hujumchi o'rtasida tanlov qildi
Myunxenning «Bavariya» klubi va Frantsiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoga Xarri Keyn va Kilian Mbappe o'rtasida tanlov qilish taklif etildi. Upamekano Keyn bilan Myunxen klubida birga to'p suradi.
— Xarri Keyn yoki Kilian Mbappe?
— Men «Bavariya»da Xarri Keyn bilan birga o'ynayotganimdan juda xursandman. Lekin bu erda, Frantsiya terma jamoasi hujum chizig'ida ham yuqori mahoratli futbolchilarimiz juda ko'p va bu ajoyib, — dedi Upamekano Jahon chempionati—2026ning 1/16 finali doirasidagi Frantsiya va Shvetsiya (3:0) uchrashuvidan keyin bergan intervyusida.
Jahon chempionati—2026 AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'lib o'tmoqda. Turnir 11 iyunda boshlangan bo'lib, 19 iyulga qadar davom etadi. Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar