Keyn: "Vahimaga tushishning hojati yo'q"
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Londonda "Arsenal"ga qarshi 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Kutganimizdek, bu qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi, ammo tanaffusdan keyin bizga kuch va shiddat etishmadi va juda ko'p kurashlarda mag'lub bo'ldik.
Bu bizning mavsumdagi birinchi mag'lubiyatimiz, ammo juda ko'p vahimaga tushishning hojati yo'q. Biz bundan albatta foydalanamiz", dedi Keyn.