Xarri Keyn 2019 yildan beri Evro va JCh saralashlarida eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Bugun Angliya terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Albaniyaga (2:0) qarshi bahsda dubl qayd etdi. Saralash bosqichining 8 o'yinida Keyn jami 8 ta gol urgan.

2019 yilda Evro-2020 saralash boshlanganidan beri Keyn jahon va Evropa chempionati saralash o'yinlarida 40 ta gol urdi - bu boshqa evropalik futbolchilardan ko'proq.

Bu oraliqda Krishtianu Ronaldu hisobida 32 ta gol bor.