Keyn penaltidan gol ura olmadi (Video)

Germaniya Bundesligasining navbatdagi turi doirasida «Bavariya» safarda «Volfsburg» mehmoni bo'lmoqda. Uchrashuvning birinchi bo'limida myunxenliklar etakchisi Harri Keyn hisobni ochish uchun qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi.
O'yinning 36-daqiqasida mehmonlar foydasiga penalti belgilandi. To'p yoniga kelgan ingliz hujumchisi darvozaning o'ng yuqori burchagini nishonga oldi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi — to'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. Qizig'i shundaki, mezbonlar darvozaboni zarba yo'nalishini topa olmay, qarama-qarshi tomonga sakragan edi.
Birinchi bo'limda gol urilmagan bo'lsa-da, ikkinchi bo'limda Myunxen klubi baribir o'z maqsadiga erishdi. Maykl Olise raqib darvozasini ishg'ol etib, «Bavariya»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
HARRY KANE MISSED PENALTY ???? pic.twitter.com/nfoWpMCbE5
— ` (@Pxxdwskiii) May 9, 2026