Keyn "Oltin to'p"ni yutishi mumkinmi? Kimmix javob berdi

"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Xarri Keynning "Oltin to'p"ni yutishi mumkinligi haqida gapirdi.
Ayni paytda angliyalik futbolchi nufuzli individual sovringa asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi: forvard joriy mavsum boshidan buyon klub va terma jamoa safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Maqsadimiz jamoaviy muvaffaqiyatga erishish va shunda Keyn individual sovrinlarga da'vogarlik qilishi mumkin. Umuman olganda, maydonda bo'lganimizda, u shaxsiy sovrinlar uchun o'ynayotgandek taassurot uyg'onmaydi. Xarri ko'p qirrali o'yinchi bo'lib, jamoa manfaati uchun hamma narsani qiladi. Biz 3:0 hisobida g'alaba qozonganimizda u gol ura olmaganidan xafa bo'lganini hech qachon ko'rmaganman," - deya Kimmixning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Xarri Keyn "Oltin to'p-2025" uchun nomzodlar o'ttiztaligiga kirdi, ammo ovoz berish natijalariga ko'ra atigi 13-o'rinni egalladi.