Keyn: «Mening asosiy maqsadim — yana bitta «Oltin butsa»ni qo'lga kiritish emas, balki Jahon chempionatida g'olib chiqish»

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn joriy Jahon chempionatining eng yaxshi to'purari nomi uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.
Beshta o'yindan so'ng hujumchi hisobida oltita gol bor. Hozircha u Erling Xoland (7), Kilian Mbappe (8) va Lionel Messidan (8) ortda qolmoqda. 2018 yilgi Jahon chempionatida Keyn oltita gol urib, «Oltin butsa»ni qo'lga kiritgan edi.
«Mening asosiy maqsadim — yana bitta «Oltin butsa»ni olish emas, balki Jahon chempionatida g'olib chiqish. Lekin men hujumchi, «to'qqizinchi» raqam ekanligimni tushunaman va agar gol ursam, bu albatta jamoaga yordam beradi», — dedi Keyn jurnalistlarga.
12 iyul kuni Angliya terma jamoasi Norvegiya bilan to'qnash keladi.
Manba: Stadion.uz
FIKRLAR
1 ta fikr
Kommentariyalar
Kommentariya yozish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.
Oʻyin soat nechada ekan