Keyn kim sabab "Bavariya"da bo'lishni yoqtirishini aytdi

"Bavariya" forvardi Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani shartnomasini uzaytirgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Avvalroq, nemis grandi matbuot xizmati murabbiy bilan hamkorlik 2029 yilga qadar uzaytirilganini rasman e'lon qilgandi.
"Kompani - klubning muhim qismi va bu erda bo'lishni juda yaxshi ko'rishimning asosiy sababi. Shartnoma uzaytirilishi ajoyib yangilik. Vinni biz uchun muhim va endi uning bunday uzoq muddatli shartnomasi borligini bilish yoqimli," - deya Keynning so'zlarini keltiradi BILD.
Kompani 2024 yilda "Bavariya"ni qabul qilib olgandi. Birinchi mavsumdayoq u klub bilan birga Germaniya chempioni bo'ldi va keyin mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.