Keyn Job Bellingemning o'yiniga baho berdi

"Bavariya" markaziy hujumchisi Xarri Keyn Dortmundning "Borussiya" klubi xavbeki Job Bellingemning o'yin darajasi haqida fikr bildirdi.
"Bellingem - katta salohiyatga ega bo'lgan yaxshi futbolchi. Menimcha, u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istardi. Uning kelajagi yaxshi, to'xtamaslik va ishlashda davom etish kerak," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Sky Sports.
20 yoshli ingliz "asalarilar" safiga joriy yilning yozida ko'chib o'tgan edi. Yarim himoyachining transferi "Borussiya"ga 30 million evroga tushdi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Bellingem ettita o'yinda maydonga tushib, gol urmagan.