Keyn JCh-2026 faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi yoki bo'lmasligi haqidagi savolga javob berdi

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn joriy Jahon chempionati uning faoliyatidagi oxirgisi bo'ladimi, degan savolga javob qaytardi.
«Bu haqda gapirishga hali erta. Lekin Messiga qarang. U 39 yoshda va hamon yuqori saviyada o'ynamoqda. Angliya sharafini himoya qilish — mening faxrim va quvonchim. Bu men dunyodagi eng yaxshi ko'radigan ishim», — dedi Keyn o'yindan so'ng.
2026 yilgi Jahon chempionatida 32 yoshli Keyn ettita o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. JCh-2026 hujumchi uchun faoliyatidagi uchinchi mundial bo'ldi. U avvalroq 2018 yil Rossiyada va 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatlarida ishtirok etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar