Keyn — Goal talqiniga ko'ra «Oltin to'p»ga asosiy da'vogar.

Goal nashri «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Birinchi o'rinni hamon «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn egallab turibdi.
To'liq reyting quyidagicha ko'rinishda:
1. Xarri Keyn («Bavariya», Angliya);
2. Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya);
3. Usman Dembele («PSJ», Frantsiya);
4. Deklan Rays («Arsenal», Angliya);
5. Maykl Olise («Bavariya», Frantsiya);
6.Kilian Mbappe («Real», Frantsiya);
7. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ», Gruziya);
8. Erling Xoland («Manchester Siti», Norvegiya);
9. Vitinya («PSJ», Portugaliya);
10. Luis Dias («Bavariya», Kolumbiya).