"Bavariya" forvardi Harri Keyn faoliyatini qaerda davom ettirishini aniqlab oldi. Futbolchi "Bavariya"da qolishni istamoqda. U Myunxen klubi bilan JCh-2026dan keyin shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqchi.

Qayd etilishicha, Keyn "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasida 65 mln evroga sotib olish optsiyasini faollashtirmaydi. Harri Myunxenda qolish uchun "Barselona" va "Tottenxem" takliflarini rad etadi.

Tomonlarning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.