Keyn: "Etakchilik jamoa bo'ylab teng taqsimlangan"

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy hujumchisi Xarri Keyn Tomas Myullerning ketishidan keyin nemis klubining holati haqida fikr bildirdi.
36 yoshli hujumchi yozda jamoani tark etgandi. Hozirda u Kanadaning “Vankuver Uaytkeps” jamoasida o'ynaydi.
"Tomas kabi etakchi ketsa, bu boshqalarga bosim o'tkazadi — muayyan vaziyatlarda avvalgidan ko'ra ko'proq kuch sarflashingiz kerak.
Demak, hozirda etakchilik jamoa bo'ylab teng taqsimlangan", - deydi Keyn.