Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn norvegiyalik forvard Erling Xolandning o'yini haqida fikr bildirdi.

Angliyalik hujumchi raqibining sha'niga maqtovlar yog'dirdi va Xolandning kuchli tomonlarini sanab o'tdi.

«Erling — aql bovar qilmas futbolchi. Jismoniy jihatdan u haqiqiy mashina. U hujumlarni yuqori darajada yakunlaydi va urgan gollari statistikasining o'zi hamma narsani aytib turibdi», — dedi Keyn.

Xarri Keyn «Bavariya» safida yorqin mavsumni o'tkazdi. Hujumchi jamoasiga Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritishda yordam berdi. JCh-2026 da esa Angliya 1/4 finalgacha etib keldi. Ularning navbatdagi raqibi — Erling Xoland etakchiligidagi Norvegiya terma jamoasi bo'ladi.

Manba: Stadion.uz