Keyn Chempionlar ligasida Bekxemning rekordini yangiladi

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasi tarixidagi eng sermahsul angliyalik futbolchiga aylandi.
32 yoshli futbolchi bugun "Chelsi"ga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etdi. Squawka xabariga ko'ra, Keyn Chempionlar ligasida inglizlar o'rtasida eng ko'p golda ishtirok etgan futbolchiga aylandi - 53 (42+11). "Bavariya" hujum chizig'i etakchisi Devid Bekxemni (52) ortda qoldirdi.
Xarri Keyn Myunxen superklubida 2023 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Germaniyaga ko'chib o'tishdan oldin hujumchi o'z vatanida "Tottenxem"da o'ynagan.