Keyn Chempionlar Ligasi to'purarlar poygasida Mbappe bilan tenglashdi

Xarri Keyn golli seriyasini uzaytirdi, Kilian Mbappe esa yo'q. Chorshanba kuni angliyalik futbolchi "Bavariya"ga Belgiyaning "Bryugge" klubini yirik hisobda mag'lub etishga yordam berdi (4:0). Parallel ravishda Madridning "Real" klubi "Yuventus" bilan to'qnash keldi va g'alaba qozona oldi (1:0), ammo frantsuz gol ura olmadi. Shu tariqa Keyn Chempionlar ligasi to'purarlar poygasida Mbappega etib oldi - ular uch turdan keyin beshta gol bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Keyingi o'rinlarda Antoni Gordon ("Nyukasl"), Markus Reshford ("Barselona") va Erling Xoland ("Manchester Siti") - 4 tadan gol.
Chempionlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari 4-5 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.