Keyn – Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqda turnirning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi. Angliyalik forvard sentyabr oyida Bundesliganing uchta o'yinida maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.