Keyn yana "Bavariya"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Hujumchi Harri Keyn ketma-ket ikkinchi marta "Bavariya"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

32 yoshli angliyalik hujumchi oktyabr oyida Myunxen klubi safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Muxlislar ovoz berishida Xarri 23,9 foiz ovoz to'plab, Lennart Karl (20,6 foiz) va Konrad Laymerni (19,4 foiz) ortda qoldirdi.

Keyn sentyabr oyida ham mukofotni qo'lga kiritgan edi.