Keyn barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat jamoa tuzdi

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat jamoani tuzdi.
Ingliz tarkibdan hozirgi jamoadoshi Manuel Noyerga joy topgan bo'lsa, himoyachilardan Marselo, Jon Terri, Jorjo Kellini va Kayl Uokerni tanladi. Yarim himoyadagi pozitsiyalar Serxio Buskets, Zinedin Zidan va Andres Inestaga, hujum uchligi esa Krishtianu Ronaldu, Ronaldo va Lionel Messiga nasib etdi.
Xarri Keyn 2023 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda aql bovar qilmas 19 ta gol urdi, shuningdek, jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.